"Barselona" sobiq hujumchisi faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Alisher
7 avg 2019, 11:56
"Barselona" sobiq hujumchisi Boyan Krkich "Monreal" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

"Twitter"da futbolchining Monreal aeroportida tushgan rasmi joylangan.

Krkich kecha "Stok Siti" bilan shartnomasi bekor qildi va hozirda erkin agent maqomiga ega.

Krkich faoliyatini "Barselona"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 

Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi bundan tashqari "Roma", "Milan", "Ayaks", "Maync 05" va "Alaves" klublarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Ludokine4