"Barselona" - "Real". Santyago Solari ishtirokidagi matbuot anjumani

Aslanov Jasurbek
6 fev 2019
Bugun, 6 fevral kuni "Barsleona" hamda "Real" o'rtasida Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ushbu o'yin oldidan "Qirollik klubi" ustozi Santyago Solari matubot anjumanida ishtirok etdi.


- Copa del Rey yarim final o'yinlari g'olibi Ispaniya chempionatida ustunlikka erishadimi?

- Bu boshqa-boshqa turnirlar. Biz barcha musobaqalarda g'alaba qozonmoqchimiz. Uchrashuvga qanday yondoshishimiz juda muhim. Hozir kelajak haqida o'ylay olmaymiz. Hammamiz uchun eng muhimi - ushbu uchrashuv natijasi.


- Vinisius Junior asosiy tarkib futbolchisimi?

- Bizda asosiy tarkib futbolchisi degan narsa yo'q, hammaga bir xil munosabatdamiz.


- Taqvim bo'yicha "Barselona"ga yordam berishyaptimi?

- Yo'q deb umid qilaman, lekin bu biroz g'alati. Taqvimni biz tuzmaymiz, bu ish bilan LaLiga rahbariyati shug'ullanadi. Biz shunchaki maydonga chiqib, bor kuchimizni ishga solishimiz kerak.


- Murabbiylik ishi haqida

- Biz kurashishni yaxshi ko'ramiz, aynan shu sababli bu sport turi bilan shug'ullanamiz. Siz ishtirok etadigan bahslarda farq bo'lmaydi. Har bir o'yinga bir xil yondoshish kerak.


- Leo Messi haqida

- Eng kuchlilarga qarshi o'ynash har doim foyda. Ammo u bizga qarshi bahsda maydonga tushishi yoki tusha olmasligi "Barselona" bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarligimizga ta’sir ko'rsatmaydi - deydi Solari.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: kp.ru