"Barselona" rahbariyati Dembelening o'zini tutishidan mamnun emas

Aslanov Jasurbek
15 noya 2018
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu, klub bosh direktori Xosep Segura va texnik kotib Erik Abidal jamoa hujumchisi Usmon Dembelening agenti bilan uchrashuv o'tkazishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ko'k-anorranglilar rahbariyati agentga Dembele o'zini professionallarcha tutishini, mashg'ulotlarga o'z vaqtida yetib kelishini so'radi. Hujumchi ispan tilini bilmasligi tufayli, hamyurtlari Samuel Yumtiti va Kleman Langledan boshqa hech qaysi jamoadoshi bilan gaplashmas ekan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq futbolchi "Inter"ga qarshi bahs oldidan "Barselona"ning yig'ilishiga kech qolgan edi.

Dembelening o'zini tutishi uning avvalgi klubi - "Borussiya"ga ham yoqmagan edi. 2017 yilning yozida 21 yoshli futbolchi "Barselona"ga tezroq o'tish maqsadida nemis klubi mashg'ulotlarida ishtirok etmagan. Natijada Usmonni mashg'ulotlardan chetlashtirishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca