"Barselona" mavsum so'ngigacha qarzlaridan qutula oladimi?

Sherzod Nurmatov
9 fev 2026
Kataloniyaning "Barselona" klubi avval amalga oshirilgan transferlar bo'yicha qarzlarni to'lashda davom etmoqda - yopilmagan to'lovlarning umumiy hajmi 138 mln funt (taxminan 158 mln evro) deb baholanmoqda.

Manbaga ko'ra, qarzning eng katta qismi Rafinyaning "Lids Yunayted"dan o'tishi bilan bog'liq - braziliyalik vinger uchun "Barselona" hali ham 36,5 mln funt (42 mln evro) qarz. Shuningdek, klub Jyul Kunde uchun "Sevilya" oldidagi to'lovlarni ham to'liq yopmagan - qarz miqdori 22 mln funt (25 mln evro)ni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, sezilarli majburiyatlar qatorida Daniel Olmo uchun "Leyptsig"ga to'lanishi kerak bo'lgan 15,5 mln funt (17,8 mln evro) ham bor. Yana 12 mln funt (13,8 mln evro) "Manchester Siti"ga Ferran Torres transferi uchun to'lanishi lozim, "Bavariya" esa Robert Levandovski uchun hali ham 8,5 mln funt (9,7 mln evro)ni kutib turibdi.

Qayd etilishicha, klub rahbariyatiga moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish uchun "Barselona" joriy mavsum oxirigacha taxminan 121 mln funt (140 mln evro) qarzni to'lab berishi kerakligi etkazilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Transfer News Live