"Barselona" Mali U-17 sardorini tarkibga qo'shib oladi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2023
Mali U-17 terma jamoasi sardori Ibrohim Diarraning Ispaniyaga yo'l olishi kutilmoqda.

Futbolchi FIFA qoidalariga ko'ra, 2024 yilning oxirigacha, yani 18 yoshga to'lgunga qadar Kataloniya klubi safiga qo'shila olmaydi.

16 yoshli o'yinchi U-17 Jahon chempionatining 1-turida O'zbekistonga qarshi bahsda 89 daqiqa harakat qilib, o'z hisobiga assist yozdirib qo'ygan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: onefootball.com