"Barselona" "Lion"ga qarshi bahs oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi
Aslanov Jasurbek
19 fev 2019
20 fevralga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da "Lion" hamda "Barselona" o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuviga start beriladi.
Ushbu bahsdan oldin Kataloniya klubi uchrashuv o'tkaziladigan "Stad de Lyumer" arenasida rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulotdan olingan eng sara suratlarni e'tiboringizga havola qilamiz.