"Barselona" - "Lion" uchrashuvini kim boshqaradi?

Aslanov Jasurbek
11 mar 2019
UEFA rasmiy sayti "Barselona" hamda "Lion" o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvini boshqaradigan hakam nomini e'lon qildi.

"Kamp Nou"dagi bahsda polshalik Shimon Marchinyak ishlaydi. Unga qanotlarda Pavel Sokolnicki va Tomash Listkevich yordam beradi. To'rtinchi hakam - Tomash Musyal. Videoassistentlar Pavel Rachkovski va Pavel Gil.


"Barselona" hamda "Lion" o'rtasidagi bahs 13 mart kuni bo'lib o'tadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin 0:0 hisobida yakunlangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA