"Barselona" "Leyptsig" bilan muzokaralarni boshlashga tayyor

Mirjalol Normatov
5 sen 2021
"Barselona" yaqin vaqtlar ichida "Leyptsig" bilan Dani Olmo transferi borasida muzokaralarni boshlaydi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" muzokaralarning ilk bosqichini o'tkazadigan kunni ham belgilab qo'ygan. Kataloniyaliklar futbolchi bilan qishda shartnoma imzolamoqchi. "Leyptsig" transfer uchun 75 million evro so'ramoqda. Kataloniyaliklar esa faqatgina 58 million evro taklif qilgan.

LaLiga rahbariyati "Barselona"ni ogohlantirgan. Unga ko'ra, 75 million evrolik transfer moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzishga kiradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo

O'xshash yangiliklar