"Barselona" "Las-Palmas"ning 17 yoshli hujumkor yarim himoyachisiga e'tibor qaratdi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2021
"Las-Palmas" yarim himoyachisi Alberto Moleyro Kataloniyaning "Barselona" klubi skautlarini qiziqtirib qo'ydi.

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" skautlari Segundaning so'nggi o'yinlarida Ispaniya yoshlar terma jamoasi (U19) a'zosining o'yinlarini kuzatib borishgan.

17 yoshli Moleyro joriy mavsumda Segundada 6 ta o'yin o'tkazdi va unda 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz. "Barselona" o'tgan yozda "Las-Palmas"dan Pedri Gonsalesni sotib olgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport