"Barselona" Kundedan sabr qilishni va "Chelsi"ga o'tmay turishni so'radi

Alisher
25 iyul 2022
"Barselona" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundedan sabr qilishni va 23 yoshli francuzning transfer narxini kelishib olguncha kutishni so'radi.

Kundening o'zi "Barselona"ga o'tishni xohlayotganiga qaramay, "Chelsi"ga yo'l olishga qarshi emas. Londonliklar francuz uchun kataloniyaliklardan ko'ra ko'proq taklif qilishmoqda.

Kunde o'tgan mavsum "Sevilya" tarkibida barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Himoyachining amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: The Independent