"Barselona" Koutinoni "Aston Villa"ga 20 mln evroga sotadi

Alisher
10 may 2022
"Barselona" yarim himoyachi Filippe Koutinoni "Aston Villa"ga sotadi.

Jurnalist Jerar Romeroning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 29 yoshli braziliyalik uchun 20 million evro oladi.

Qayd etish kerakki, "Barselona" yarim himoyachining keyingi sotuvidan 50 foiz oladi.

Eslatib o'tamiz, Koutino "Barselona"ga 2018 yilning 8 yanvarida "Liverpul"dan 140+60 million evro evaziga o'tgan edi. U joriy mavsum "Aston Villa" tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist, "Barselona" libosida esa 16ta o'yinda 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero