

Eslatib o'tamiz, “qizil iblislar” yozgi transferlar vaqtida o'z akademiya bitiruvchisining boshqa klubga o'tishiga to'sqinlik qilib, jamoada olib qolgandi.
Joriy mavsumda u MYUda barcha turnirlarda to'rtta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 50 million evroga baholagan.



