"Barselona" Gerreyro bilan 2023 yilda shartnoma imzolamoqchi

Alisher
9 may 2022
"Barselona" Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Rafael Gerreyro bilan 2023 yilda erkin agent maqomida shartnoma imzolamoqchi.

Futbolchi "Borussiya"ga 2016 yilning iyulida "Loryan"dan o'tgan edi. Uning shartnomasi bir yildan so'ng yakuniga etadi, shu sabab unga ko'plab klublar qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar Gerreyroga 33 yoshli Jordi Albaning ehtimoliy o'rinbosari sifatida qaramoqda.

Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: thehardtackle.com