"Barselona" futbolchisi "RB Leyptsig" bilan kelishuvga erishdi (Fabricio Romano)

Alisher
30 avg 2021
"Barselona" bilan muammolarga ega yarim himoyachisi Ilaysh Moriba faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettiradi.

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Moriba "RB Leyptsig" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

18 yoshli gvineyalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsum so'nggida erkin agent maqomida "Barselona"dan ketishni rejalashtirmoqda, sababi "RB Leyptsig" bilan tuzilgan 5 yillik bitim 2022 yilning yozidan amal qiladi.

Qayd etish kerakki, "Barselona" kelasi yozda o'yinchini tekinga qo'yib yubormoqchi emas va uni joriy transfer oynasida sotishga tayyor.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano