“Barselona” futbolchisi A Ceriyaga ko'chib o'tishi mumkin

Jan-Kler Todibo faoliyatini Italiyada davom ettirishi kutilmoqda.

Rimning “Roma” klubi “Barselona” himoyachisi Jan-Kler Todiboni o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. “Bo'rilar” Todiboga yozda “Manchester Yunayted”ga qaytadigan Kris Smollingning o'rinbosari sifatida qaramoqda. Aslida “Roma” Smollingni sotib olmoqchi edi, biroq MYU futbolchisi uchun ko'proq mablag' talab qilgani aytilmoqda. Bazi ma'lumotlarga ko'ra, “Roma” hamon Smolling narxini tushirish borasida ishlamoqda.

Ma'lumot uchun, Todibo ayni damda “Shalke-04” klubiga ijaraga berilgan.


Manba: Carriere dello Sport