

KONMEBOL ushbu holat bo'yicha ish ochgan, bu ishga FIFA ham qo'shilishi mumkin. Agar futbolchilarga qo'yilgan ayblovlar o'z tasdig'ini topsa, har ikki futbolchi nafaqat terma jamoa o'yinlaridan balki klubdagi o'yinlardan ham chetlatiladi.
Eslatib o'tamiz, Kopa Amerikaning yarim finalida Urugvay Kolumbiyaga mag'lub bo'lganidan so'ng futbolchilar va raqib muxlislari o'rtasida janjal sodir bo'lgan.




