"Barselona" "El-Klassiko"dagi mashhur surat bilan hazil post qoldirdi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2019
Ispaniya Kubogi yarim final javob uchrashuvida "Barselona" "Real"ni 3:0 hisobida taslim etdi.

Bahsdan so'ng Kataloniya klubi matbuot xizmati "El-Klassiko"da olingan mashhur surat bilan hazil post qoldirdi.

Taqdim etilgan suratda Luka Modrich Lionel Messi futbolkasidan tortib turgandi.

"Bizning onlayn do'konimizda Messining formasini olish osonroq" - deyiladi xabarda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com