"Barselona" direktori "Aston Villa"ga yo'l oladi

Sherzod Nurmatov
4 may 2023
Funkcioner boshqa loyiha bilan shug'ullanadi.

"Barselona" direktori Mateu Alemani "Aston Villa"ga o'tadi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Funkcioner allaqachon "ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laportani boshqa loyiha bilan shug'ullanish istagi haqida xabardor qilgan. 

Tomonlar hamkorlikni to'xtatishga kelishib oldilar. "Aston Villa" bilan muzokaralar esa yakuniy bosqichda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano