"Barselona" Bundesligadagi o'yinchini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
17 fev 2022
Gladbaxning "Borussiya" va Germaniya terma jamoasi o'yinchisi Mattias Ginter Bundesligadan La Ligaga yo'l olishi mumkin.

Uning xizmatlariga Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" o'yinchi bilan uning shartnomasi yozda yakuniga etgan payt shartnoma imzolashmoqchi. Himoyachi uchun kurashda "Barselona" "Bavariya" bilan kurashishi kerak.

Mattias 2017 yildan beri "Borussiya"da o'ynaydi. U joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Bild