"Barselona" bosh direktori: "Vidal jamoadoshlari, murabbiy va klubni hurmat qilishi kerak"

Aslanov Jasurbek
11 okt 2018
"Barselona" bosh direktori Pep Segura jamoa yarim himoyachisi Arturo Vidalning noroziligi haqida fikr bildirdi.

Xavbek "Tottenxem"ga qarshi bahsdan so'ng "Instagram"dagi storisida g'azablangan emodzilarni qoldirgan edi.

"Arturo Vidalning xabari ikki tomonga ega. U yangi klubga tez ko'nikib, jamoaga yordam berishni istaydigan futbolchi. Vidal ko'p maydonga tushmayotganidan xafa.

Boshqa tomondan qaraydigan bo'lsak, u ajoyib jamoa a'zosi ekanligini tushunishi kerak. Vidal jamoadoshlari, murabbiy va klubni hurmat qilishi lozim.

O'sha xabar boshqalardan ko'ra uning o'ziga ko'proq zarar etkazdi" - deydi Segura.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo