“Barselona” “Borussiya” hujumchisi uchun 50 mln evro taklif qildi

Gap Myunxengladbax klubi hujumchisi Alassan Plea haqida ketmoqda.

Kataloniya klubi Myunxengladbaxning “Borussiya”si hujumchisi Alassan Pleaning xizmatlariga jiddiy qiziqib qoldi. “Barselona” 27 yoshli francuz uchun 50 mln evro taklif qilgan. Biroq nemis klubi ushbu taklif rad javobini bergan.

Ma'lumot uchun, Plea Bundesliga joriy mavsumida 22 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi.


Manba: AS.com