"Barselona" "Betis" yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
25 apr 2018
"Betis" yarim himoyachisi Fabian Ruis "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"El Mundo Deportivo"ning xabar berishicha, kataloniyaliklar 22 yoshli o'yinchi bilan yozda shartnoma imzolamoqchi. Ruis "Barselona" murabbiylar shtabi rejalariga kirmayotgan Andre Gomeshning o'rnini egallashi kutilmoqda.

Ruisning "Betis" bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan, uning tovon puli esa 30 million evroni tashkil etadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: El Mundo Deportivo