"Barselona" "Benfika" himoyachisiga davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2022
Kataloniya klubi "Benfika" chap qanot himoyachisi Aleks Grimaldoni ortga qaytarmoqchi.

Manbaga ko'ra, fulbekning o'yini "ko'k-anorranglilar" ustozi Xaviga manzur kelmoqda.  

Grimaldo "Barsa" tarbiyalanuvchisi sanaladi, uning o'zi ham kelasi yozda "Kamp Nou"ga qaytish haqida o'ylamoqda. 

26 yoshli futbolchi ushbu mavsumda "Benfika" uchun 29 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning transfer narxi 20 million evrona tashkil qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es