"Barselona" 2022/23 yilgi mavsumning oxirida "Bavariya"ga bonus to'lamaslik maqsadida Levandovskidan boshqa gol urmaslikni so'ragan

Administrator
19 noya 2025
"Barselona" Levandovskidan "Bavariya"ga bonus to'lamaslik uchun gol urmaslikni iltimos qilgan.

"Barselona" Robert Levandovskidan "Bavariya"ga bonus to'lamaslik maqsadida gol urmaslikni so'ragan. Bu ma'lumot hujumchining Sebastyan Stashevskiy tomonidan yozilgan va Polshada nashr etilgan tarjimai holida keltirilgan. "Levandovski: Haqiqiy" nomli kitobda "Barsa"ning hujumchidan La Liga 2022/23 mavsumining so'nggi o'yinlarida gol urishni to'xtatishni so'ragani haqida yozilgan. Buning sababi, agar u 25 tadan ortiq gol ursa, transfer shartnomasida ko'rsatilgan bonusni to'lashga majbur bo'lishi edi. Aytilishicha, kataloniyaliklar klubning moliyaviy qiyinchiliklarini sabab qilishgan.


Kitobda yozilishicha, "blaugrana" Xavi boshchiligida La Ligada g'alaba qozongach, mashg'ulotdan so'ng Levandovskiy bir necha rahbarlar, shu jumladan prezident Joan Laporta bilan uchrashish uchun kabinetga taklif qilingan. Stashevskiyning so'zlariga ko'ra, direktorlardan biri unga kutilmagan taklifni bildirgan: "Robert, biz sizning so'nggi o'yinlarda gol urmasligingizni xohlaymiz." Shunda futbolchi unga hayron bo'lib qaragan. Kitobda takidlanishicha, "garchi chempionlik unvoni va eng yaxshi to'purar mukofoti allaqachon aniqlangan bo'lsa-da, o'n yildan ortiq vaqt davomida eng yuqori darajadagi faoliyati davomida hech kim undan gol urishni to'xtatishni so'ramagan edi"


Kitobda aytilishicha, "Barsa" polshalik hujumchi chempionatdagi 25 ta goldan oshib ketsa, "Bavariya"ga qo'shimcha 2,5 million evro bonus sifatida to'lashi kerak bo'lgan. Natijada Levandovski so'nggi ikki o'yinda birorta ham gol ura olmagan va o'sha mavsumda uning hisobida La Ligada 23 ta gol qayd etilgan.


AdministratorMuallif
Manba: Diario Sport