"Barsa" Yanuzayning "Sosedad" bilan shartnoma borasidagi muzokaralariga xalaqit bermoqda. O'yinchi endi uni uzaytirishga shubha bilan qaramoqda

Alisher
11 dek 2021
"Barselona" yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo'lgan "Real Sosedad" yarim himoyachisi Adnan Yanuzayga qiziqmoqda.

Kataloniya klubi Yanuzay va "Sosedad"ning yangi shartnoma borasidagi muzokaralarida xalaqit berdi. Oldinroq, belgiyalik futbolchi San-Sebastyan klubi bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'lgan bo'lsa, hozirda bunga shubha qilmoqda.

Yanuzay "Sosedad"ga 2017 yilda "Manchester Yunayted"dan o'tgan edi.

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli futbolchi yanvarda yangi klubi bilan dastlabki shartnomaga imzo chekish huquqiga ega.

Yanuzay joriy mavsum "Sosedad" tarkibida barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.






AlisherMuallif
Manba: As