"Barsa" va Olmo transfer oynasining so'nggi kunida 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi

Omonjon To`xtamirzayev
3 sen 2021, 15:35
"Barselona" "RB Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmo bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Nemis klubi transfer oynasining so'nggi kunida o'yinchi bilan muzokara o'tkazishga ruxsat berdi va parallel ravishda bitim narxini muhokama qildi.

23 yoshli o'yinchi "Leyptsig"dagi maoshi kamaygan holda 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitimda individual va jamoaviy muvaffaqiyatlar uchun bonus belgilangan edi.

Shunga qaramay, "Barsa" bitimni yozgi transfer oynasida amalga oshirishga ulgurmadi, klub ispanga qiziqishni saqlab turibdi. Kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisining o'zi transferga qiziqmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mundodeportivo.com