"Barsa" Abdeni Bundesliga klubiga 15 mln evro sotishni rad etgan

Alisher
18 fev 2022
"Barselona" Abde Ezzalzulini 15 million evroga sotmadi.

Bunday taklif bilan 20 yoshli xavbekning transferi bo'yicha Bundesliganing bosh klubi chiqdi. Ammo, rad javobini oldi.

"Barsa" Abdening vaziyatini yozda baholamoqchi va o'yinchi bilan kelishgan holda uning kelajagi borasida qaror qabul qiladi.

Forvard joriy mavsum La Liga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo