Barcha yulduzlar BAAga boradi. "Real" klublar o'rtasidagi JCH uchun qaydnomani e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
10 dek 2017
Ayni damda BAAning Abu-Dabi va Al-Ayn shaharlarida Klublar o'rtasidagi jahon chempionati turniri davom etmoqda.

Musobaqaga yarim finaldan qo'shiladigan Madridning "Real" klubi bugun Abu-Dabiga yo'l oldi. "Qirollik klubi" rasmiy sayti BAAda o'tayotgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga uchib ketgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Moxa.

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Xesus Valexo, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Teo Ernandes, Ashraf Hakimi.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kasemiro, Markos Lorente, Marko Asensio, Isko, Kovachich, Sebalos.

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.

Eslatib o'tamiz, "Real" turnir yarim finalida O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Sardor Rashidov to'p tepadigan "Al-Jazira"ag qarshi o'ynaydi. Ushbu bahs 13 dekabr kuni 22:00da start oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia