Barcali: "Ronaldu gol urishni boshlaganida, uni to'xtatib bo'lmay qoladi"

Aslanov Jasurbek
6 sen 2018
"Yuventus" himoyachisi Andrea Barcali jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu gol urmayotgani haqida fikr bildirdi.

"Ronaldu hali "Yuventus" safida gol ura olmayotgani bizni ko'p ham havotirga solayotgani yo'q. U darvozani ishg'ol qilishni boshlasa, Krishtianuni to'xtatib bo'lmay qoladi. U faoliyati davomida qanday gol urish kerakligini ko'rsatib kelmoqda.

Ronaldu bilan shug'ullanish yoqimli. U o'z energiyasi bilan bizni ruxlantiradi. Krishtianuda doimo ishlash niyati bo'ladi. U mashg'ulotlarda jon berib shug'ullanishidan hayratlandim" - deydi Barcali.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu hali Italiya chempionatida gol ura olmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia