Bangladeshdagi saralash turnirida taym-aut bo'ladi

Nadirkhuja Yuldashev
26 mar 2015
Xabaringiz bor, ertaga Bangladesh poytaxti Dakka shahrida Qatarda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati saralash o'yinlari start oladi.

Ayni paytda Dakka shahrida kuzatilayotgan namlik ko'plab jamoalarga qiyinchilik tug'diryapti. Bugun bo'lib o'tgan mitingda barcha jamoalarning talabiga ko'ra, inspektor har bir o'yinning 30-daqiqasida bir daqiqalik tanaffus berishni maqulladi.

Ma'lumotlarga tayanadigan bo'lsak, Dakkada o'yin vaqtidagi havo harorati +33 darajani tashkil etadi. Namlik o'ta yuqori, 41/88 foiz atrofida. 


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia