Bakkali bugun "Valensiya"da tibbiy ko'rikdan o'tadi

Tolibjon Qosimov
6 iyul 2015
Belgiyalik vinger Zakariya Bakkali bir oyog'i bilan "Valensiya"da.
"Marca"ning xabar berishicha, 19 yoshli futbolchi kecha Valensiyaga uchib kelgan, bugun u tibbiy ko'rikdan o'tadi va klub bilan shartnoma imzolaydi. Bakkali "ko'rshapalaklar" jamoasiga erkin agent sifatida o'tmoqda. "Valensiya" futbolchi uchun kurashda "Sevilya"ni ortda qoldirdi.

Bakkali 2008 yildan buyon PSV jamoasida to'p tepib keladi. Shu vaqt davomida u 16 ta o'yin o'tkazgan va uchta golga mualliflik qilgan. U Belgiya terma jamoasi tarkibida bitta o'yinda ishtirok etgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.ua