Bahrom Haydarov: "Biz uchun har bir bahs finalga teng"

Sherzod Nurmatov
26 sen 2021
Superliganing 20-turidan o'rin olgan AGMK - "Surxon" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam, birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida AGMK qator xavfli hujumlarni tashkil qildi. Darvozabonimizning ishonchli o'yinlari sabab ko'plab vaziyatlar golga aylanmadi. Taym o'rtalarida esa yigitlar o'zlariga kelib olishdi va maydonda erkin harakat qila boshlashdi. Ikkinchi bo'limda ham yomon harakat qilmadik. Afsuski, himoyadagi xato tufayli gol o'tkazib yubordik. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng yigitlarimizda bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, lekin zarbalarimizga aniqlik etishmadi. Ortga yo'l yo'q. O'z ustimizda ishlashda davom etamiz. Biz uchun har bir bahs finalga teng. Buni hammamiz yaxshi his qilib turibmiz. Ertadan "Navbahor" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz", – deydi Bahrom Xaydarov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia