Bahrayn futbol associaciyasi OFKga 2023 yilgi U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qila olmasligini ma'lum qildi

Administrator
17 iyun 2022
OFK bu talabni qabul qilgan.

Bahrayn futbol associaciyasi OFKga 2023 yili o'tkazilishi kerak bo'lgan U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qila olmasligini ma'lum qildi. OFK esa bu talabni qabul qilgan.

Bahrayn futbol associaciyasi bosh kotibi Rashid Al Zoubi OFKga associaciya ushbu yosh toifasidagi qita birinchiligini qabul qila olmasligidan afsusda ekanligini ma'lum qilgan. Bahrayn futbol associaciyasi ushbu turnirni qabul qilishni juda istayotgani, ammo bazi omillar aynan shunday qarorga kelishga majbur qilganini qo'shimcha qilgan. 

OFK qaroriga ko'ra, Bahrayn U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogining yakuniy bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olish imkoniyatidan ayrildi. 

OFK tez orada ushbu musobaqaning yakuniy bosqichiga mezbonlik qiluvchi mamlakat nomini e'lon qiladi.

U-17 Osiyo chempionati saralashiga qur'a tashlandi. O'zbekiston Janubiy Koreya bilan bir guruhdan joy oldi


AdministratorMuallif
Manba: https://bfa.bh