Bafetimbi Gomis bir yarim oyni o'tkazib yuboradi

Tolibjon Qosimov
13 fev 2017
"Marsel"ning fransiyalik hujumchisi Bafetimbi Gomis Fransiya chempionati 25-turida "Nant"ga qarshi bahs (2:3)da jiddiy jarohat oldi.

Bu haqda "L`Equipe" ma'lumot tarqatdi. O'yinchini 66 daqiqada almashtirildi, tibbiy ko'rik uning tizza paylari shikastlanganini aniqladi. Aniq tashhisni klub shifokorlari chuqur tekshiruvdan keyin e'lon qilishadi, lekin futbolchining 3 haftadan 6 haftagacha bo'lgan muddatni o'tkazib yuborishi taxmin qilinmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: L'Equipe