


- Ertangi o'yin haqidagi fikrlaringiz...
- Murabbiy ta'kidlab o'tganidek, mezbon jamoaga qarshi o'ynash qiyin. Muxlislar ham bosim qilishadi, lekin biz chempionlikni maqsad qilib kelganmiz va shunga erishishimiz kerak.

- 30-35 ming muxlis ko'z o'ngida maydonga chiqish qanday bo'ladi deb o'ylamoqdasiz?
- Men bunchalik ko'p muxlis yig'ilgan stadionda birinchi marotaba o'ynashim va albatta bu biroz hayajonga soladi. Men o'yinga tayyorman va boshqa jihatlarga e'tibor bermay, maydonda o'z vazifamni bajarishim kerak.

- Turnir davomida raqiblar qiyinlashib bordi, shunga yarasha raqiblar kuchi ham oshib bormoqda. Shu haqda fikrlaringiz...
- Biz musobaqada 4 ta uchrashuv o'tkazishga ulgurdik. O'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz. O'ylaymanki, tarkibimizdagi o'yinchilar hozir eng yaxshi sport formasida.



