Babayan "Changchun"ga 2018 yilgi OCHL chempionini olib keldi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2020
Samvel Babayan boshqaruvidagi "Changchun Yatay" jamoasi safiga braziliyalik Serjino kelib qo'shildi.

O'tgan mavsumni "Kashima Antlers" tarkibida o'tkazgan yarim himoyachi jamoasi tarkibida 33 o'yinda 12 gol urishni uddalagandi. Qayd etish kerak, Serjino 2018 yilda "Kashima" bilan OCHL bosh sovrinini qo'lga kiritgandi.

Shuningdek, yakunlangan mavsumda u "Imperator Kubogi"da finalchi bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/changchunyatai_fc