BAA terma jamoasiga O'zbekistonning sobiq fuqarosi jalb qilindi

12 iyul 2020, 23:42
Bu haqida Alisher Nikimbaev xabar qildi.

"Futbol bo'yicha Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Xorxe Pinto sentyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan Iordaniya va Tojikiston terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlariga taklif etiladigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxatdan 3 nafar mahalliylashtirilgan futbolchilar o'rin olgan - Fabio Lima, Kayo Kanedo va Sebastyan Tyalbu.

Esingizda bo'lsa, BAA chempionatining 2014/15 yilgi mavsumida Lima O'zbekiston fuqarosi sifatida o'ynagandi. Ammo braziliyalik futbolchi qayerda, qachon va qay tartibda O'zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga ega bo'lgani sirligicha qolmoqda. Albatta, pasport haqiqiy edi", deyiladi xabarda.

Biz o'sha pasport tasvirini topdik.Ma'lumot uchun, 2014 yilning oktyabr oyida saytimiz orqali mazkur fuqarolik pasporti soxta bo'lib chiqqani haqida xabar berilgan edi.

27 yoshli hujumkor yarim himoyachi ayni paytda Dubayning "Al-Vasl" klubi futbolchisi hisoblanadi.


Manba: championat.asia