BAA. Hojimat Erkinov jamoasi 3-o'ringa chiqib olish imkoniyatini qo'ldan boy berdi va mag'lubiyatga uchradi

Aslanov Jasurbek
15 apr 2024, 23:43
BAA chempionatining 19-turidan o'rin olgan "Ittihod Kalba" hamda "Al Vahda" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi vakili Hojimat Erkinov joriy mavsum boshida "Paxtakor"dan "Al Vahda" klubiga o'tgan edi. Futbolchi ushbu bahsda 87 daqiqa harakat qildi.


"Ittihod Kalba" - "Al Vahda" 1:0

Gol: Vombergar 44.

"Al Vahda": Ali, Amaral, Lopes, Zuhir, Al Zaabi, Nurullohi, Aydh (Matar 70), Al Zaabi T (Mansur 78), HOJIMAT ERKINOV (Said 86), Krupski, Hrbin.


Hojimat Erkinov joriy mavsum "Al Vahda" safida BAA chempionpatining 6ta bahsida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


TURNIR JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia