BAA. Hojimat Erkinov "Al Vahda" safida OCHL finalchisini mag'lub qilib, Liga kubogini qo'lga kiritdi!

Administrator
4 may 2024
U-23 Osiyo kubogidan endigina qaytgan Hojimat Erkinov BAA Liga kubogini qo'lga kiritdi.

"Al Vahda" BAA Liga kubogi finalida "Al Ayn"ni  mag'lub qildi va bosh sovrinni qo'lga kiritdi. E'tiborlisi, yaqindagina U-23 Osiyo kubogidan klubiga safiga borib qo'shilgan o'zbekistonlik Hojimat Erkinov finalni boshlang'ich tarkibda boshladi va 75-daqiqada zaxiraga olindi. Yakunda esa jamoasi bilan sovrinni qo'lga kiritdi.

"Al Vahda" – "Al Ayn" 1:0

Gol: Pimenta Lopes 15'


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia