Azmun "Roma" bilan shartnoma imzolash uchun Rimga yetib keldi

Omonjon To`xtamirzayev
25 avg 2023
"Bayer" forvardi Serdar Azmun "Roma"ga o'tishga juda yaqin turibdi.

Avvalroq "Zenit" eronlikni Piterga qaytarmoqchiligi xabar qilingandi.

Biroq kecha eronlik Rim shahriga yetib borgan va "Roma" bilan transferni yakunlash niyatida.

Bugun Azmun tibbiy ko'rikdan o'tishi va undan so'ng, zarur hujjatlarni imzolashi kutilmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо