Azizjon G'aniev uchun chempionlik mavsumi qanday o'tdi?

Narzulla Saydullayev
26 may 2023
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Azizjon G'aniev BAAning "Shabab Al Ahli" klubida faoliyat olib bormoqda.

Bu mavsum G'aniev "Shabab Al Ahli" bilan birga BAA chempioniga aylandi. Ma'lumot uchun, o'zbekistonlik yarim himoyachi BAA chempionatida barcha 26ta o'yinda maydonga tushdi va 2026 daqiqa harakat qildi. G'aniev 3ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.

Eslatib o'tamiz, Azizjon G'aniev 2020 yildan buyon "Shabab Al Ahli" safida barcha sovrinlarni yutdi: BAA chempioni bo'ldi, BAA Superkubogi, BAA Liga kubogi va BAA Prezidenti kubogini qo'lga kiritdi.
Championat.asia sayti G'anievning o'tgan mavsumdagi foydali harakatlaridan to'plangan videoni tayyorladi.






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia