Azizbek Turg'unboev: "Paxtakor"ga qarshi uchrashuv huddi finaldek o'tdi"

Tolibjon Qosimov
15 sen 2018
Kecha Superliga 23-turining markaziy uchrashuvida "Navbahor" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qildi.

Jangovar durang 3:3 hisobida yakuniga etgan bellashuvdan so'ng namanganliklar yetakchilaridan biri Azizbek Turg'unboevning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

"Qiyin va kuchli o'yin bo'lishi aniq edi. Chunki, hamma chempionlik uchun kurashmoqda. Raqibimiz ham jonini berib o'ynadi, muhimi mag'lub bo'lmadik. Buyog'iga faqat g'alaba va chempionlik uchun kurashamiz.

Bu g'alabaga teng durang bo'ldi desam ham bo'ladi. Buning uchun jamoadoshlarimga va muxlislarimizga rahmat aytaman. Bu "Navbahor" uchun joriy mavsumdagi eng qiyin va eng zo'r o'yin bo'ldi. Uchrashuv huddi finaldek o'tdi", - dedi Turg'unboev.

Eslatib o'tamiz, kecha Aziz jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.


Tolibjon Qosimov yozib oldi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia