Azizbek Amonov Eronning "Istiqlol"idan ketishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 fev 2023
Yarim himoyachi Azizbek Amonov Eronning "Istiqlol" jamoasini tark etishi kutilmoqda.

Yodingizda bo'lsa, futbolchi "Loko" tarkibidagi sermahsul mavsumidan keyin eronliklar tarkibiga ko'chib o'tgan va uch yarim yillik shartnoma imzolagandi.

Ushbu mavsumda u "Istiqlol" tarkibida deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lgani yo'q. Bizga ma'lum bo'lishicha, futbolchi shu bois jamoadan ketishga va O'zbekiston chempionatiga qaytishga qaror qilgan.

Alohida aytish joiz, "Istiqlol" tarkibida Amonov Eron chempioni va superkubogi g'olibi bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia