Aziz Turg'unboev "Paxtakor" yig'iniga qo'shilish uchun Dubayga uchib ketdi

Tolibjon Qosimov
28 yanv 2021
Yangi mavsum oldidan Superliga jamoalari tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirishmoqda.

Kecha saytimiz orqali "Navbahor" vingeri Aziz Turg'unboev Toshkentning "Paxtakor" klubiga o'tayotgani haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! Azizbek Turg'unboev "Paxtakor"ga o'tmoqda. Buning sababi bor

"Championat.asia" sayti olgan ma'lumotlarga Turg'unboev "Paxtakor"ning xorijda o'tkazilayotgan yig'iniga borib qo'shilish maqsadida bugun Toshkent - Dubay reysi bilan BAAga uchib ketgan. Futbolchi bugunning o'zida jamoa ixtiyoriga borib qo'shiladi va mashg'ulotlarni boshlab yuboradi.

"Sherlar" 30 yanvar kuni Dubaydagi "Jebel Ali" stadionida Moskvaning "Spartak" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.


Eslatib o'tamiz, Aziz Turg'unboev namanganliklar tarkibida 2015-2020 yillarda jami 109ta o'yin o'tkazgan va 26ta gol urib, 6ta golli pas bergan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia