Aziz Amonov asosiy tarkibda tushib, 60 daqiqa o'ynagan o'yinda "Istiqlol" g'alabaga erishdi

Mirjalol Normatov
18 fev 2022
Eron Pro-ligasining 18-turi doirasidagi "Traktorsozi" - "Istiqlol" o'yini yakuniga etdi.

Unda mehmon jamoa 1:0 hisobida g'alabaga erishdi va hisobidagi ochkolari sonini 44taga etkazib oldi. "Istiqlol" so'nggi 18 o'yinda mag'lubiyatga uchraganicha yo'q.

Bahsda Azizbek Amonov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 60-daqiqada almashtirildi.

"Traktorsozi" - "Istiqlol" 0:1

Gol: Hussaynzoda (70).

"Istiqlol" navbatdagi uchrashuvini 23 fevral kuni autsayderlardan biri "Fajr Sepasi"ga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia