Aziz Alijonov "Neftchi"ga qarshi maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2013
"Neftchi" klubi yarim himoyachisi ikkinchi davrani "Sho'rtan"da o'tkazishidan xabaringiz bor.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi G'uzor klubiga ijaraga berilgan. Kelishuvga ko'ra Alijonov "Neftchi"ga qarshi maydonga tushmaydi.

Bugun Qirgulidagi stadionda 14-tur doirasidagi "Neftchi" - "Sho'rtan" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Demak, Aziz Alijonov bugun o'yinni faqat tomosha qiladi holos.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: