Azar va Kurtua Naingolanni yo'ldan urmoqchi

9 iyun 2016, 05:35
"Roma"ning belgiyalik yarim himoyachisi Naingolan Londonning "Chelsi" jamoasidan chorlov bo'layotganini ma'lum qildi.


"Konte meni "Yuventus" paytida turinliklar safiga o'tishimni istagandi. Lekin men hech qachon Rimni Turinga almashtirmayman. Endi Konte meni Londonga chorlamoqda. Kurtua va Azar ham menga "Chelsi"ga o'tishni maslahat berishmoqda. "Chelsi" top klublar qatoriga kirishini bilaman. Lekin hali o'ylab olishim lozim. Italiyada 12 yilni o'tkazdim. Bu yerdan shunchaki kyetish endi oson emas. men faqatgina muhitni o'zgartirish uchungina boshqa jamoaga o'tmayman. Menga yangi chorlovlar kerak, chunki futbolchi sifatida yanada o'sishni, yangi pog'onaga ko'tarilishni istayman", - deydi Naingolan.


Manba: sports.ru