Azar Belgiya termasining yangi liboslarini namoyish qildi

Belgiya terma jamoasining safar o'yinlarida foydalanadigan yangi liboslar to'plami namoyish qilindi.

Terma jamoaning Twitter'dagi sahifasida e'lon qilingan suratlarni quyida tomosha qilishingiz mumkin. Adidas kompaniyasi tomonidan tayyorlangan liboslarni "Real" forvardi Eden Azar, Romelu Lukaku ("Inter"), Aksel Vitsel ("Borussiya D") va Timoti Kastan ("Lester") namoyish qilgan.

Ma'lumot uchun, sport kiyimlari va anjomlari ishlab chiqaradigan Adidas kompaniyasi 2014 yildan buyon Belgiya terma jamoasining homiysi hisoblanadi.


Manba: twitter.com/BelRedDevils