Azar avtomobillar kollekciyasiga yarim million evrolik Lamborghini'ni qo'shib qo'ydi

Eldor Akmurzayev
14 iyul 2020, 20:10
Belgiyalik futbolchi avtomobilni “Real” muxlislari uchun sevimli bo'lgan rangda (qaymoq) tanladi.

Lamborghini Aventador SVJ narxi 500 ming evroga baholangan va u so'nggi mashg'ulotlarga aynan shu avtoda tashrif buyurib, ko'pchlikning e'tiborini tortgan. Mashina maksimal tezligini 350 km/soatgacha chiqara oladi va 2,8 soniyada 100 km/soatgacha tezlashadi. Avtomobilning quvvati esa 770 ot kuchini tashkil qiladi.

Aytish joizki, so'nggi yillar Azarning avtoturargohida yuqori elitadagi mashinalar joy olmoqda, jumladan: Mercedes-Benz AMG GTR, Audi R8 V10, BMW X6, Audi RS4 Avant, Range Rover, Aston Martin Vanquish va Mercedes C Class.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua