A'zamov va Suyunov ikkinchi davrada qayerda o'ynashi ma'lum

"Nasaf"ning ikki yetakchisi, darvozabon Eldorbek Suyunov va "ajdarlar" sardori Sherzod A'zamov "sherlar" safiga o'tmoqda.


"Paxtakor" "Nasaf"ga ushbu ikki futbolchi borasida taklif bilan chiqqani haqida xabar bergandik.

"Paxtakor" "Nasaf" sardoriga ham jiddiy qiziqmoqda

Eldorbek Suyunov "Paxtakor" bilan og'zaki kelishuvga erishdi

Kecha "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev ham ushbu xabarni tasdiqladi.


Har ikkala klub vakillari ushbu transferlar bo'yicha deyarli aniq to'xtamga kelishgan.

Sherzod A'zamov va Eldorbek Suyunovning "Paxtakor"ga o'tishi deyarli aniq bo'lgan.

Tomonlar endi hujjatli ishlarni amalga oshirib, transferni rasmiylashtirishlari kutilmoqda.


Eslatib o'tamiz, Sherzod A'zamov va Eldorbek Suyunov "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchilari sanalishadi.

A'zamov "Nasaf"ga 2009 yilda, Suyunov esa 2011 yilda jamoaga kelib qo'shilgandi.

Bu orada A'zamov "Nasaf" bilan kumush va bronza medallarini  bir necha bor qo'lga kiritishga ulgurdi. Shuningdek, A'zamov va Suyunovga O'zbekiston kubogi hamda OFK kubogida ham zafar quchish nasib etdi.


Manba: championat.asia